DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

DIQQAT!   - ABITURIYENTLARGA ESLATMA      


Ishonch telefoni

 

Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining 2016 yil  30 deabrdagi majlisi  4-son bayoni bilan maqullangan

 

Davlat test markazining

2017 yil 6 yanvardagi

01-08-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida

Nizom

 

1. Umumuy qoidalar

1. Mazkur Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi 73-son “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi) “Ishonch telefoni” ga kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.

2. Quyidagilar:

Jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash yuzasidan;

jismoniy va yuridik shaxslarning Markaz mansabdor shaxslarining noqonuniy hatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan;

jismoniy va yuridik shaxslarning boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarini olish, umumlashtirish va belgilangan tartibda ko‘rib chiqish “Ishonch telefoni”ni tashkil etishning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

3. “Ishonch telefoni” orqali:

ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy maanfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;

shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaatlar qabul qilinadi.

4. “Ishonch telefoni” Markaz devonxonasiga o‘rnatiladi.

“Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish va ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hujjatlashtirish vazifalarini amalga oshirish Markaz direktorining buyrug‘i bilan tayinlangan mas'ul xodimiga biriktiriladi.

5. “Ishonch telefoni” orqali tushayotgan murojaatlar dushanba kunidan juma kunigacha (juma kuni ham) (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha mas'ul xodim tomonidan qabul qilinadi.

6. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda, Markazning murojaatlarni ko‘rib chiqishga mas'ul xodimlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan olingan ma'lumotlar jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib kelsa, uning tegishli roziligisiz ma'lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

7. Taklif markazga kelib tushgan kundan e'tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqida taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

8. Ariza va shikoyat Markazning “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan kundan e'tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ariza va shikoyatlarni kurib chikish uchun tekshirish o‘tkazish, ko‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib - chiqish muddatlari markaz rahbari tomonidan, istisno tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu hakda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

II. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish

9. “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar butun O‘zbekiston hududidan 199-19-14 telefon raqamiga ko‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. “Ishonch telefoni” orqali amalga oshirilgan ko‘ng‘iroqlar bepul.

10. “Ishonch telefoni” orqali telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishda Markazning qo‘ng‘irokni qabul qiluvchi mas'ul xodimi:

familiyasini, ismini, otasining ismini, egallab turgan lavozimini aytishga;

qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga “Ishonch telefoni” arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg‘on ma'lumot takdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ma'lum qilishi;

qo‘ng‘iroq kilgan shaxsga ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan axborot va ma'lumotlarni ma'lum qilishni taklif etishi shart.

11. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushadigan murojaatlarni to‘plash va umumlashtirish Markazning qo‘ng‘irokni qabul qiluvchi mas'ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

12. Murojaatlar qayd etish daftariga yoziladi va ikki yil mobaynida saqlanadi.

13. “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishda jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi  (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma'lumotlar ko‘rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.

Qayta bog‘lanish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning telefon raqamlari olinishi mumkin.

14. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan Markazning mas'ul xodimi tomonidan “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq yuritiladigan maxsus daftarda ro‘yxatga olinadi.

Maxsus daftar “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni qabul qilishga mas'ul etib biriktirilgan xodim tomonidan alohida yuritiladi.

15. Ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

So‘rov shaklidagi murojaatlar maxsus daftarda ro‘yxatga olinadi, lekin hujjatlashtirilmaydi.

“Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan anonim murojaatlar “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Nizomda belgilangan talablarga muvofik anonim deb e'tirof etiladi.

16. Mazkur Nizomning 14-bandiga muvofiq qabul qilingan va maxsus daftarga kayd qilingan murojaatlar yuzasidan shu kunning o‘zida ushbu Nizomniig 2-ilovasiga muvofik shakl buyicha “Nazorat kartochkasi” to‘ldiriladi va devonxonada yuritiladigan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ro‘yxatga olish kitobida ro‘yxatga oliniadi.

Murojaatlarni ryxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek uniig ko‘rib chiqilishini nazorat qilish Markaz devonxonasi mas'ul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat kartochkasi ushbu Nieomning 15-bandida va 18-bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda to‘ldirilmaydi.

III. “Ishonch telefoni” orkali kelib tushadigan murojaatlarni ko‘rib chiqish:

17. “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar, zarur hollarda murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxsni jalb etgan holda yoki joyning o‘ziga chiqib o‘rganilishi mumkin.

18. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning “Ishonch telefoni”ga murojaat qilish jarayonida bayon qilinayotgan masalalarni hal etish markazning vakolatiga kirmasligi aniqlangan takdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi mas'ul xodim tomonidan telefon orqali tushuntiriladi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar talabi bilan bu haqida yozma shaklda javob beriladi.

Ish yurituvga qabul kilingan murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida ularda ko‘yilgan masalalarni hal etish markazning vakolati doirasiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ushbu murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay Markaz rahbari yoki o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu hakida murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda xabar qilinadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar mavjud bo‘lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda xabar qilinadi.

19. Murojaatni ko‘rib chiqqan Markaz xodimi jismoniy yoki yuridik shaxsga murojaatni ko‘rib chiqish natijalari va u yuzasidan qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda xabar berishi shart.

Javob jismoniy yoki yuridik shaxsga yuborilgandan keyin murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan shaxsning imzosi bilan nazoratdan chiqariladi, bu haqida “Ishonch telefoni” orqali tushgan murojaatlarni ro‘yxatga olish daftariga tegishli yozuv kiritiladi. Jismoniy va yuridik shaxsga berilgan yozma javobning nusxasi markazda saqlanadi.

IV. Yakuniy koidalar

20. Devonxona jismoniy yoki yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelayotgan sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida kelib tushgan murojaatlarni har chorakda umumlashtiradi, tahlil qiladi hamda belgilangan shaklda hisobot tayyorlaydi.

21. Jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish asossiz rad etilishi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat kilishga haklidirlar.

22. “Ishonch telefoni” orvali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan ma'lumotlarning maxfiyligiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.

23. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

“Ishonch telefoni”ga

kelib tushgan murojaatlarni

qabul qilish va ko‘rib chiqish

tartibi to‘g‘risidagi Nizomga

1-ilova

“Ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlarni qayd etish kitobi

 

t/r

Sana va vaqt

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

F.I.O. yoki nomi

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

manzili va telefoni

Murojaat-

ning

qisqacha mazmuni

Birlamchi ko‘rib chiqish

natijasi

Ijrochi F.I.O., olganligi to‘g‘risida imzo, sana va vaqti

Murojaat-ning ko‘rib

chiqish natijasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                                             

                                                                     “Ishonch telefoni”ga

kelib tushgan murojaatlarni

qabul qilish va ko‘rib chiqish

tartibi to‘g‘risidagi Nizomga

2-ilova

       ______ yil “__”  ________da tushgan murojaatlar bo‘yicha

tuzilgan yagona ma'lumot

 

“Ishonch

telefoni”

orqali tushgan murojaat raqami

Murojaat tushgan sana

Qayd etish sanasi va t/r

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

F.I.O. yoki nomi

Jismoniy yoki yuridik

shaxsning

manzili va telefoni

Murojaatning

qisqacha mazmuni

Ijrochi

 

 

 

 

 

 

 

 

Yuklab olish (PDF, 19.2 Kb)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Iyul 2017
 
DuSeChPaJuShYa
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 111
Yakunlangan 95
Qayta ishlash jarayonida 4
Rad etildi 12
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 601
Yakunlangan 601
(10.07.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


DC ABITUR


QABUL 2017

ABITURIYENT INFO


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma