DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

DIQQAT!   - ABITURIYENTLARGA ESLATMA      


CHET TILLARNI BILISH DARAJASINI ANIQLASH VA MALAKA SERTIFIKATLARINI BERISH UCHUN TEST SINOVLARI E’LON QILINDI

2017 yil 20-21 iyun  kunlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish  tartibi to’g’risida”gi 352-sonli Qarori asosida chet tili test sinovlari o’tkazildi.

Test sinovining natijalari http//nsfla.uz-saytida e´lon qilindi.

Test sinovlari CEFR talablari asosida  B1, B2  darajalari uchun ingliz tilidan,  B1 darajasi uchun fransuz    tilidan,  arab, nemis, xitoy va yapon tillaridan B2   darajasi uchun  o’tkazildi, .

 82 nafar talabgorlardan 42 (51,2%) nafari ijobiy natijalarga erishdi, jumladan ingliz tili bo’yicha B1 darajasiga 6 nafar (66,7%), B2 darajasiga 29  nafar (48,3%); arab tili bo’yicha B2 darajasiga 5 nafar (62,5%), yapon tili bo’yicha B2 darajasiga 2 nafar (100%).

Ushbu test natijalari bo`yicha ijobiy natijaga erishgan nomzodlarga davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.

 Chet tillarni bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatlarini berish uchun test sinovlariga nomzodlarni ro’yxatga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi saytida (nsfla.uz) joriy yilning 2-sentyabr kunidan boshlanadi.

Axborot xizmati

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Iyul 2017
 
DuSeChPaJuShYa
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 111
Yakunlangan 95
Qayta ishlash jarayonida 4
Rad etildi 12
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 601
Yakunlangan 601
(10.07.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


DC ABITUR


QABUL 2017

ABITURIYENT INFO


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma