DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

DIQQAT!   - ABITURIYENTLARGA ESLATMA      


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Bo‘lim   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 293-sonli qarori asosida faoliyat olib boradi.

 Bo‘limning asosiy vazifalari:

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligini xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish;

idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha turdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish;

nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash uchun ularning hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va tegishli xulosa tayyorlash;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun ekspertizadan o‘tkazish;

o‘quvchilar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini tahlil qilish; rivojlangan xorijiy  davlatlarning  ta’lim muassasalari attestatsiyasi va akkreditatsiyasi borasidagi tajribalarini o‘rganish.

Bo‘lim faoliyatida amal qiluvchi me`yoriy-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 iyundagi  «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi  faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 293-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi  21-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyulda 1836-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va texnologiyalari bo‘yicha yo‘riqnoma».

 

Yuklab olish  (PDF, 13KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Iyul 2017
 
DuSeChPaJuShYa
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31            
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 111
Yakunlangan 95
Qayta ishlash jarayonida 4
Rad etildi 12
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 601
Yakunlangan 601
(10.07.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


DC ABITUR


QABUL 2017

ABITURIYENT INFO


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma