DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Ilmiy-metodik kengash

Davlat test markazi Ilmiy-metodik kengashi 2003 yilning dekabr oyida tashkil etilgan. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga DTM direktori va direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda yuqori malakali xodimlar kiritilgan bo‘lib, uning a'zolari 15 nafardan iborat. Kengashning shaxsiy tarkibi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ilmiy-metodik kengash a'zolarining 8 nafari (53,3%) ilmiy darajaga ega.

Ilmiy-metodik kengash Davlat test markaziga yuklangan vazifalarni ilmiy va me’yoriy-huquqiy ta’minlashning asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi.

Ilmiy-metodik kengash:

test topshiriqlarini tuzish, ularning yaroqliligini aniqlash, test materiallari mazmunining maxfiyligini saqlash, test natijalarini baholash va e’lon qilish, test sinovlarni o‘tkazish va uning natijalari xolisonaligini, ishonchliligini va adolatliligini ta’minlash;  

pedagog, professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish;   

uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish hamda ularning reytingini aniqlash;   

nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalashda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish hamda litsenziya talabi va shartlari bajarilishini nazorat qilish;  

xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash tartibi amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;   

ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan tayyorlangan Davlat ta’lim standartlari va Davlat talablari, o‘quv reja va dasturlarni, o‘quvchi-talabalar bilimini baholash mezonlarini ekspertizadan o‘tkazish;  

uzluksiz ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni;

kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv jarayoni samaradorligi va ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid ilmiy maqolalarni;

iqtidorli yoshlarni izlash va tanlash uchun maxsus test materiallari jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha takliflarni;

respublika va xorijda testologiya, attestatsiya va akkreditatsiya hamda nostirifikatsiya masalalari bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflarni muhokama qiladi, xulosalar chiqaradi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi.

Ilmiy-metodik kengash “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalida  chop etiladigan materiallarni muhokama qiladi va nashr etishga tavsiya beradi.

Ilmiy-metodik kengash boshqarma va bo‘limlarning hisobotlarini eshitadi, ularni muhokama qiladi va xulosalar chiqaradi.

Davlat test markazining Ilmiy-metodik kengashi 2016 yil faoliyati davomida 4 marta yig‘ilish o‘tkazilgan, ularda jami 11 ta masala kun tartibiga qo‘yilgan, shuningdek, turli masalalarga kiritilgan 17 ta, 2016 yilda jami 28 ta masala ko‘rib chiqilgan. 
Ilmiy-metodik kengashning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan 28 ta masala tasnifiga e'tibor berilsa, ularning 2 tasi (7,1 %) bevosita Ilmiy-metodik kengash faoliyatiga bag‘ishlangan, 12 tasi (42,9 %) me'yoriy-huquqiy hujjat (nizom, yo‘riqnoma, tartib va b.) lar, 7 tasi (25 %) turli komissiyalar va kengashlar tarkibi hamda ularga o‘zgartirish kiritish, tasdiqlanuvchi hujjatlar, 7 tasi (25,0 %) hisobot turidagi masalalarga bag‘ishlangan. 
Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar miqdori 21 tani tashkil etgan. Ushbu qarorlarni bajarish uchun mas'ullar belgilangan va ular tomonidan qarorlar to‘lig‘icha bajarilgan. 
Davlat test markazi faoliyatiga doir qabul qilingan qarorlar ijrosi to‘liq ta'minlangan – bo‘limlarning Nizomlari, lavozim yo‘riqnomalari yangilangan, ichki mehnat tartib qoidalari, xodimlarining odob-ahloq qoidalari ishlab chiqilgan va kundalik faoliyat doirasida joriy etilgan. Bulardan tashqari, bir nechta me'yoriy-huquqiy hujjatlar tasdiqlashga hamda muhokama uchun ba'zi tartiblar Nizom shaklida qayta tayyorlangan.
2016 yil yig‘ilishlarida ko‘rilgan masalalarning asosiy qismi me'yoriy-huquqiy mavzularga bag‘ishlandi. Ilmiy-metodik kengashning 2015 yil davomida o‘tkazilgan 6 ta yig‘ilishida me'yoriy-huquqiy masalalarga bag‘ishlangan 9 ta masala (34,6%) ko‘rilgan bo‘lsa, 2016 yilda o‘tkazilgan 4 ta yig‘ilishda bu ko‘rsatkich 12 ta (42,9 %)ni tashkil etdi.

Ilmiy-metodik kengash o‘z ishini “Davlat test markazining Ilmiy-metodik kengashi Nizomi” hamda Ilmiy-metodik kengashning yillik ish rejasi asosida tashkil etadi.

Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishida Kengash a’zolari qatnashadilar. Zarur hollarda Kengash yig‘ilishiga Kengash raisining qaroriga binoan tarkibiy bo‘limlarning xodimlari, shuningdek, manfaatdor vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari taklif etilishlari mumkin.

Ilmiy-metodik kengash qarorlari DTM buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi reja asosida har chorakda o‘tkazilib boriladi. Dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘ilganda rejadan tashqari yig‘ilish o‘tkaziladi.

Davlat test markazining faoliyatiga doir me’yoriy hujjatlar Ilmiy-metodik kengashda muhokama qilinib, ma’qullangandan so‘ng, belgilangan tartibda tasdiqlanib, amaliyotga joriy etiladi. Ilmiy-metodik kengash qarorlarining ijrosi nazorat qilib boriladi.

Ilmiy-metodik kengash a’zolari

 

F.I.Sh.

Lavozimi

1.

Karimov Madjit Malikovich

rais

2.

Mirzaev Farhod Isamovich

rais o‘rinbosari

3.

Xakberdiev Kaxramon Kurbanovich

a'zo

4.

Zuparxodjaeva Sevara Zakirovna

a'zo

5.

Baymirov Qayum Shayimovich

a'zo

6.

Nazarov Boysun Fayzullaevich

a'zo

7.

Zakirova Maxpiza Shakirovna

a'zo

8.

Uraeva Elvira Usmonovna

a'zo

9.

Baratov Akmal Abdumajidovich

a'zo

10.

Alimov Akbarali Muxammatovich

a'zo

11.

Ishonqulov Nizomjon Fayzullaevich

a'zo

12.

Sulaymonov Akmal Asqarovich

a'zo

13.

Dusnazarov Umidjon Muminjonovich

a'zo

14.

Elmurodov Husan Elmurodovich

a'zo

15.

Boboev Orziqul Mirzaevich

kotib


Ilmiy-metodik kengashi Nizomi 
 (DOC, 64 KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Dekabr 2017
 
DuSeChPaJuShYa
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 210
Yakunlangan 180
Qayta ishlash jarayonida 2
Rad etildi 28
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 722
Yakunlangan 722
(27.11.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma