DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Davlat test markazining vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarliklari

Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 17 iyuldagi 508-son qaroriga
1-ILOVA

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risida

NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Markaz davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.

4. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

5. Markaz o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtiriladi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari;

homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablag‘lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

7. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari

8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshirish;

ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta'minlash;

test materiallari bankini shakllantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish;

test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish, ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, test materiallarini nashr qilish, test sinovi natijalarini tahlil qilish;

chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish.

9. Markaz o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

yuqori malakali mutaxassislardan iborat umumta'lim va maxsus fanlar ekspertlari bankini shakllantirish;

pedagogik o‘lchov vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish talablari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish, ekspertlar uchun testologiya asoslari bo‘yicha seminarlar tashkil etish;

davlat ta'lim standartlariga muvofiq bo‘lgan fanlar bo‘yicha turli xil murakkablik darajasidagi test materiallarini ishlab chiqish;

test sinovlari natijalari asosida test materiallari bankini maxsus dastur asosida statistik tahlil qilish va uni takomillashtirish;

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida test materiallari bankini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish;

umumta'lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi uchun test materiallari bankini shakllantirish;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilarning bilim saviyasini baholash uchun test materiallari bankini shakllantirish;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilarining jangovar tayyorgarligi va ijtimoiy-ma'naviy bilimlarini baholash uchun test materiallari bankini shakllantirish;

ta'lim muassasalari magistraturasiga qabul test sinovlari uchun maxsus fanlardan test materiallari bankini shakllantirish;

test materiallari maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

test materiallari bankini shakllantirish, test sinovlarini o‘tkazish masalalari sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

b) ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta'minlash sohasida:

test sinovi o‘tkaziladigan bino va auditoriyalarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;

test sinovi o‘tkaziladigan bino va auditoriyalar reja-chizmalarini tahlil qilish va holatini o‘rganish;

test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid masalalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish;

test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, ta'lim muassasalariga ishonchli maslahat yordamini ko‘rsatish;

Markaz vakillari, auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilari bankini shakllantirish, test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha ular uchun seminarlar tashkil qilish;

manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda test topshiruvchilar haqida ma'lumotlar bankini shakllantirish, ularning yo‘nalishlar va guruhlar bo‘yicha taqsimotini amalga oshirish;

test topshiruvchilar uchun test sinovi tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish, ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun test texnologiyalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish;

buyurtmachilarning buyurtmanomalariga binoan test sinovlarini o‘tkazish uchun to‘lov normativlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

v) test materiallari bankini shakllantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish sohasida:

manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda test materiallari bankini shakllantirish;

savollar kitobi, javoblar varaqasi va boshqa test materiallarini tayyorlashda jahon ilg‘or tajribasini joriy qilinishini ta'minlash;

pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish bo‘yicha mutaxassislar uchun o‘quvlar tashkil etish;

g) test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish, ushbu jarayonlarni muvofiqlashtirish, test materiallarini nashr qilish, test sinovi natijalarini tahlil qilish sohasida:

test materiallari generatsiyasi va ko‘p variantlilik asosida test savollari kitoblarini shakllantirish, maxfiylikni ta'minlagan holda ularni nashr qilish;

kompyuter grafikasi dasturiy vositalari asosida test sinovlarida ishlatiladigan javoblar varaqasining eskizini tayyorlash;

maxsus kompyuter dasturlari yordamida test sinovlarida ishlatiladigan javoblar varaqalariga ishlov berish, optik-elektron qurilmalarida tekshirish;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda test sinovlari natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

test sinovi natijalarini maxsus kompyuter dasturiy ta'minoti yordamida optik-elektron qurilmada o‘qish, natijalarni soha, ta'lim yo‘nalishi, ta'lim muassasalari kesimida tahlil qilish.

d) chet tillarni bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish sohasida:

xalqaro e'tirof etilgan baholash standartlari asosida chet tillari bo‘yicha test topshiriqlari tuzilmasini ishlab chiqish va aprobatsiyadan o‘tkazish;

chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha to‘lov asosida xalqaro e'tirof etilgan baholash standartlari talablariga muvofiq test sinovlarini o‘tkazish;

ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda til ko‘nikmalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va aprobatsiyadan o‘tkazish;

chet tillari o‘qituvchilarining oylik ish haqiga ustama belgilash uchun ko‘p komponentli test sinovlarini o‘tkazish;

chet tilini bilish darajasiga davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berish;

chet tilidan test sinovlaridan o‘tuvchi shaxslar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr qilish;

jahon tajribasini o‘rganish asosida test sinovlari texnologiyasini takomillashtirish;

test materiallarini ishlab chiqishda hamda ulardan foydalanishda ta'lim muassasalariga va boshqa muassasalarga metodik yordam ko‘rsatish.

3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi

10. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar, ta'lim muassasalaridan zarur ma'lumotlar va materiallarni olish;

ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish jarayonida ta'lim muassasalari rahbarlari tomonidan ta'lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish;

Davlat byudjeti hisobidan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan va Markazning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Markazga to‘lov asosida mustaqil ekspertlarni va imtihon oluvchilarni jalb etish;

shartnoma asosida ilmiy-metodik va axborot konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

o‘ziga yuklangan vazifalarni hal etish uchun olimlar, yetakchi pedagog-mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan, maqsadli va vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot guruhlari va ijodiy guruhlar tashkil etish;

o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar va idoralar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish;

ta'lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va yig‘ilishlar ishida ishtirok etish, shuningdek davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralarda qatnashish.

Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11. Markaz o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.

Markaz zarur hollarda, davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.

12. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish

13. Markazni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshqaradi.

Direktorning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.

Direktor maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, direktorning o‘rinbosari esa vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

14. Markaz direktori:

Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Markaz xodimlari va uning hududiy vakillari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

Markazning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

15. Hududiy vakillarni ishga qabul qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tavsiyalari asosida Markaz direktori buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Hududiy vakillar Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi doimiy vakillari to‘g‘risida nizom asosida faoliyat yuritadi.

16. Markazda uning direktori, direktor o‘rinbosari, boshqarma va bo‘lim rahbarlari hamda yuqori malakali xodimlaridan iborat tarkibda ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi. Ilmiy-metodik kengashning shaxsiy tarkibi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Ilmiy-metodik kengash mazkur Nizomga muvofiq Markazga yuklangan vazifalarni ilmiy va normativ-huquqiy ta'minlashning asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi.

Ilmiy-metodik kengash qarorlari direktor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

Markaz faoliyatini ochiq va oshkoraligini ta'minlash maqsadida uning huzurida jamoatchilik kengashi tuziladi.

17. Markazning xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda Markazning rahbari tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

18. Markaz o‘zining kasaba uyushmasining taklifiga muvofiq Markaz rahbarlari va xodimlariga ustamalar belgilashi hamda oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha mukofotlashi mumkin.

5-bob. Yakuniy qoida

19. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda

 

Ko'chirib olish  (DOC, 59 KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Sentabr 2017
 
DuSeChPaJuShYa
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 181
Yakunlangan 150
Qayta ishlash jarayonida 13
Rad etildi 18
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 712
Yakunlangan 712
(15.09.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI


QABUL 2017


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma