DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI


Test sinovlarining kompyuter tahlili bo`limi

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 14 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi 258-sonli,  2004 yil 24 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 293-sonli qarorlari hamda bo‘lim Nizom asosida faoliyat yuritadi.

Bo‘lim ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish maqsadida o‘tkaziladigan test sinovlari jarayonini informatsion-kommunikatsion texnologiyalar bilan ta’minlash va test sinovlari natijalarini kompyuter texnologiyalari asosida tahlil etish ishiga mas’uldir.


Bo‘limning asosiy maqsadi ta’lim sifatini oshirishda foydalanish uchun kompyuter va informatsion-kommunikatsion texnologiyalar asosida test sinovlari natijalarini tahlil qilish, umumlashtirish, test sinovlarini o‘tkazish usullarini yanada takomillashtirish va joriy etishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari abituriyentlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tashkil etish va uni boshqarish tizimi dasturlarini yaratish, tatbiq etish;

ma’lumotlar bazasi asosida ta’lim muassasasiga test topshiruvchi guruhlar ro`yxatini tuzish;

test sinovlari uchun mo`ljallangan javoblar varaqalarini takomillashtirishga oid tavsiyalar tayyorlash;

test sinovlari natijalari asosida test topshiriqlari sifatini matematik-statistika usullari bilan tashxislash;

test natijalarini pedagogik tahlil etish;

o‘rgatuvchi test dasturlarini yaratish va tatbiq etish;

Davlat test markazi bo‘limlarining faoliyatiga taalluqli dasturiy ta’minotlarni yaratish;

 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan masofaviy test o‘tkazish monitoringi tizimini yaratish, amaliyotga tatbiq etish;

masofaviy ta’lim testini o‘tkazish tizimi ma’lumotlari bazasini yangilab borish va tizimning doimiy ishlab turishini ta’minlash;

jahon tajribalarini o‘rganish asosida test sinovlari texnologiyasini takomillashtirib borish;

oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi test sinovlari natijalarini tahlil qilish, umumlashtirish, ulardan ta’lim sifatini yaxshilashda va takomillashtirishda foydalanish uchun manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga ma`lumot tayyorlash;

test sinovlari natijalarini fanlar bo‘yicha respublika, viloyat, tuman, shahar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazlari boshqarmalari, bo‘limlari va maktablar kesimida tahlil etish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;

to‘plangan ma’lumotlar bazasi asosida respublika umumta’lim maktablari, akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ta’lim sifati monitoringini olib borish;

test sinovlari jarayoni va uning natijalarini tezkor kompyuter tahlili uchun informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning texnik vositalarini, lokal va global tarmoqlarning uzluksiz ishlab turishini ta’minlash;

Internet tizimi orqali masofaviy test o‘tkazish dasturlarini yaratish va tatbiq etish;

test sinovlari natijalarini kompyuterda tahlil etishni mukammallashtirish bo‘yicha takliflar kiritishdan iborat.

 

Yuklab olish  (PDF, 11KB)

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
May 2017
 
DuSeChPaJuShYa
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31        
TASHRIFLAR TAHLILI
Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi
Система Orphus
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 36
Yakunlangan 28
Qayta ishlash jarayonida 3
Rad etildi 5
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 115
Yakunlangan 115
(14.03.2017 yil holatiga)
SAHIFA O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI

To`g`ridan to`gri (maxsus sinovlarsiz) Nostrifikatsiyalanadigan OTMlar ro`yxati


STAFF 2017

So'rovnoma
So'rovnoma