DAVLAT TEST MARKAZI

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

DAVLAT TEST MARKAZI

Yangiliklar - 2017-11-24 Hammasi

RSS
  • YETAKCHI TESTOLOG BILAN IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

    2017 yilning 12-16 noyabr kunlari Britaniya Kengashi O‘zbekistonda “Ta'limdagi milliy reformani qo‘llab-quvvatlashda baholash tizimidagi yangi yondoshuvlar”  bo‘yicha trening tashkil etdi. Unda ishtirok etish uchun Davlat test markazi vakillari taklif etildi.

    Treningni o‘tkazish uchun jahondagi yetakchi testologlardan biri Rita Grin (Lankaster universitteti, BuyukBritaniya) taklif etilgan. Uning rahbarligida ko‘plab loyihalar, jumladan O‘zbekistonda ham amalga oshirilgan.

    Qabul testlarini takomillashtirish bo‘yicha loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Britaniya Kengashining qo‘shma tashabbusi bo‘lgan.

    Loyiha 2004-2007 yillarda ingliz tili bo‘yicha, 2006-2008 yillarda esa umumta'lim fanlar bo‘yicha amalga oshirilgan edi.

                Ushbu trening doirasida Davlat test markazi rahbariyati, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi ekspertlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Chet tillari, umumta'lim fanlari bo‘yicha testlarni takomillashtirish, baholash vositasi sifatida testlar validliligini va ishonchliligini oshirish, ularni test sinovlarining xalqaro standartlariga moslashtirish masalalari bo‘yicha samarali fikr almashildi.

                Shuningdek, zamonaviy va samarali test o‘tkazish usullarini tadbiq  etish, test tuzuvchilarni tayyorlash, test topshiriqlarini sinovdan o‘tkazish, statistik ma'lumotlarni tahlil qilish muammolari ham muhokama qilindi.

                Uchrashuvda chet el mamlakatlarining yetakchi o‘quv va ilmiy muassasalarida Davlat test markazi ekspertlari malakasini oshirish masalalariga katta e'tibor berildi.

    Ushbu konstruktiv uchrashuv yakunida Davlat test markazi va Britaniya Kengashi test o‘tkazish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha kelgusi hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.

    Axborot xizmati

     2017-11-24

    Прочитали: 1125

    to'liqroq

Pochta xizmati

Yangiliklar taqvimi
Noyabr 2017
 
DuSeChPaJuShYa
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
TASHRIFLAR TAHLILI
Obuna
Siz bizning yangiliklarga a`zo bo`lishingiz mumkin

Obuna bo`lish
Murojaat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali
Murojaat kelib tushdi 210
Yakunlangan 180
Qayta ishlash jarayonida 2
Rad etildi 28
Ishonch telefoni orqali
Murojaat kelib tushdi 722
Yakunlangan 722
(27.11.2017 yil holatiga)
SHRIFT O'LCHAMI
AXBOROT RESURSLARI
So'rovnoma
So'rovnoma