Davlat test markazi faoliyati to‘g‘risidagi axborot

Davlat test markazi faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibi haqida Nizomga asosan Davlat test markazi faoliyati to‘g‘risidagi axborotga quyidagilar kiradi:

  1. huquqiy maqomi, uning tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari va vazifalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar; 
  2. faoliyatida amal qiluvchi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar;
  3. o‘zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek ularning ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  4. normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  5. ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  6. davlat dasturlari va boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  7. ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, konferensiyalar, seminarlar, brifinglar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  8. davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  9. faoliyati yo‘nalishlariga taalluqli sohaning holati, uning  rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar; 
  10. o‘tkaziladigan tadbirlar (test sinovlari, kadrlar va ta'lim muassasalari attestatsiyasi) to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  11. ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi ma'lumot;
  12. ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda qabul kvotalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  13. o‘tkazilgan test sinovlarining natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  14. o‘rganuvchilarning chet tillarini bilish va egallash darajasini baholashga oid ma'lumotlar; 
  15. ochiq majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan, majlis kun tartibi loyihasi, o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, majlislarda hozir bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi ma'lumotlar.

Davlat test markazi faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'lumotlar ham kiritilishi mumkin. 

DTM faoliyati to‘g‘risida foydalanishi cheklab qo‘yilgan axborot

DTM faoliyatidagi cheklab qo‘yilgan axborotga quyidagi ma'lumotlar kiradi:

  1. o‘tkaziladigan test sinovlarining test topshiriqlari va ularning javoblari;
  2. test topshiriqlarini tuzuvchi ekspertlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  3. tashkil etilgan ekspert komissiyalari a'zolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
  4. xizmatda foydalanish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar va ma'lumotlar;
  5. qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishi cheklab qo‘yilgan boshqa axborotlar.