Ko’p beriladigan savollar

Javoblar varaqasi bu test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat.
Test topshiriqlari kitobi belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami.
Test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta'lim shakli uchun har yili 1 avgustdan 15 avgustgacha bo‘lgan muddatda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi. Abituriyent test sinoviga qatnashish vaqti va kunini Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ham bilib olishi mumkin.
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat'iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Abituriyentlar tanlagan ta'lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi.
Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.
Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi.
Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani to‘g‘risida belgilangan tartibda tasdiqlangan test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi hamda oliy ta'lim muassasalariga yetkaziladi.
Test sinovlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida va uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa – olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi.

Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta'lim yo‘nalishlari RO‘YXATI

Bilim va ta'lim sohalari, ta'lim yo‘nalishlari
Nomi Kod
GUMANITAR SOHA
Pedagogika
100 000
110 000
1. Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi 5110800
2. Musiqa ta'limi 5111100
3. Jismoniy madaniyat 5112000
San'at 150 000
4. Bastakorlik san'ati 5150100
5. San'atshunoslik (turlari bo‘yicha) 5150200
6. Aktyorlik san'ati (turlari bo‘yicha) 5150300
7. Rejissyorlik (turlari bo‘yicha) 5150400
8. Dirijyorlik (turlari bo‘yicha) 5150500
9. Vokal san'ati (turlari bo‘yicha) 5150600
10. Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha) 5150700
11. Rangtasvir (turlari bo‘yicha) 5150800
12. Dizayn (turlari bo‘yicha) 5150900
13. Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha) 5151100
14. Amaliy san'at (turlari bo‘yicha) 5151200
15. Xoreografiya (turlari bo‘yicha) 5151300
16. Xalq ijodiyoti (turlari bo‘yicha) 5151600
XIZMATLAR SOHASI
Xizmat ko‘rsatish sohasi
600 000
610 000
17. Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 5610500

Izoh. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatni qabul jarayonida taqdim etganda oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan yo‘nalishlarda mos chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan test sinovi topshirmaydi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan xududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilganda, olib kirganda yoki ulardan test sinovlari davomida foydalanganda; test materiallarini boshqa abiturientga uzatganda yoki ularga yordam berganda; test materiallarini binodan tashqariga olib chiqqanda, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtganda; test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortganda; test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abiturientning tartib va qoidalarga amal qilmagan holatlar abiturient test sinovlari jarayonidan chetlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar 20 avgustdan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq, dam olish kunlarisiz o‘n bir kalendar kuni ichida) bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasiga Vazirlar Mahkamaisning 2018 yil 3 apreldagi 261-son “Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarorining 1-ilovasidagi Nizomga muvofiq yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega. Abiturientga apellyasiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida uch ish kuni ichida xabarnoma beriladi. Apellyasiya shikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlarida qabul qilinadi.