Hay’at

Hay'atning asosiy vazifalari:

  • Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
  • tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari hisobotlarining tizimli asosda eshitib borilishini tashkil etish, qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan Markaz rahbari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
  • Markaz faoliyatiga oid hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirish samaradorligini har chorakda va tizimli ko‘rib chiqish;
  • Hay'atning kengaytirilgan ko‘chma yig‘ilishlarini o‘tkazish, Markaz faoliyati sohasida dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini ta'minlash;
  • Markazning markaziy apparati va uning tizimidagi lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash;
  • Markaz nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini ta'minlash uchun Markaz rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish; 
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladigan va Markaz mas'ul ijro etuvchi organ hisoblangan qonun loyihalari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish.

Hay'at reglamenti (PDF, 72 KB) 

Hay'at tarkibi

Familiya, ismi, sharifi

Lavozimi

Vazifasi

1

Karimov Madjit Malikovich Direktor

Rais

2

Xakberdiyev Kaxramon Kurbonovich Direktor o‘rinbosari

A'zo

3

Noraliyev Ulug‘bek Saydiganiyevich Bosh boshqarma boshlig‘i

A'zo

4

Zuparxodjayeva Sevar Zakirovna Boshqarma boshlig‘i

A'zo

5

Qo‘chqarov Diyorbek Ulug‘bekovich Boshqarma boshlig‘i

A'zo

6

Radjabov Sardor Baxtiyorovich Boshqarma boshlig‘i

A'zo

7

Eshniyozov Jo‘rabek Jabborovich Boshqarma boshlig‘i

A'zo

8

Mirsayidov Ma'murjon Kobiljonovich Boshqarma boshlig‘i

A'zo

9

Elmurodov Xusan Elmurodovich Yuridik byuro boshlig‘i

Kotib