Ilmiy-metodik kengash

Ilmiy-metodik kengashning asosiy vazifalari:

  • Davlat test markaziga yuklangan vazifalarning sifatli amalga oshirilishi;
  • Davlat test markazi faoliyatiga oid ilmiy, metodik va normativ-huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish va loyihalarini tayyorlash;
  • hay’at kun tartibiga dolzarb masalalar bo‘yicha takliflar kiritish hisoblanadi.

Ilmiy-metodik kengash:

  • Davlat test markazi boshqarma va bo‘limlari to‘g‘risidagi Nizomlarni, xodimlarining lavozim vazifalari yo‘riqnomalarini;
  • ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshirish, test sinovlarini tashkil etish, o‘tkazish, natijalarini tahlil qilish va e’lon qilish, test texnologiyalarini rivojlantirish, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish, test topshiriqlarini tuzish, ularning yaroqliligini aniqlash, test materiallari bankini shakllantirish, test materiallari mazmunining maxfiyligini saqlash, test sinovlari natijalari xolisonaligini, ishonchliligini va adolatliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni;
  • chet tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni;
  • pedagogik o‘lchov vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish talablari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalarni;
  • aprobatsiya o‘tkazilgan test sinovlari natijalari asosida test topshiriqlarining xususiyatlari sifatini tashhislash uchun test topshiriqlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni;
  • umumta’lim, maxsus va chet tili fanlari bo‘yicha ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o‘tkazilgan test topshiriqlari tuzilmasini;
  • test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni;
  • test topshiruvchilar uchun test sinovi tartibi bo‘yicha ishlab chiqilgan ko‘rsatmalarni;
  • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan test sinovlari natijalarini baholash mezonlarini;
  • ilg‘or xorijiy tajribaga tayangan holda ishlab chiqilgan va aprobatsiyadan o‘tkazilgan til ko‘nikmalarini baholash mezonlarini;
  • chet tilidan test sinovlaridan o‘tuvchi shaxslar uchun ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni;
  • testologiya, pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish, test sinovlarini tashkil etish va test sinovlari natijalari tahliliga oid ilmiy maqolalarni;
  • iqtidorli yoshlarni izlash va tanlash uchun maxsus test materiallari jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha takliflarni;
  • respublika va xorijda testologiya, test sinovlari texnologiyasi va test materiallari bankini shakllantirish texnologiyasi masalalari bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflarni muhokama qiladi, xulosalar chiqaradi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi.

Ilmiy-metodik kengash reglamenti (PDF, 61 KB) 

Ilmiy-metodik kengash a’zolari

Familiya, ismi, sharifi

Lavozimi

Kengash tarkibidagi vazifasi

1

Xakberdiev Kaxramon Kurbanovich Direktor o‘rinbosari

Rais

2

Zuparxodjaeva Sevar Zakirovna Boshqarma boshlig‘i

A'zo

3

Noraliev Ulugbek Saydiganievich Bosh boshqarma boshlig‘i

A'zo

4

Qo‘chqorov Diyorbek Ulug‘bekovich Boshqarma boshlig‘i

A'zo

5

Eshniyozov Jo‘rabek Jabborovich Boshqarma boshlig‘i

A'zo

6

Radjabov Sardor Baxtiyorovich

Boshqarma boshlig‘i

A'zo

7

Nurmanov Ulug‘bek Anorboevich

Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

8

Zakirova Maxpiza Shakirovna

Bo‘lim boshlig‘i

Ilmiy kotib

9

Sulaymonov Akmal Asqarovich

Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

10

Yusupov Jambul Ruslonovich

Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

11

Radjabov Barno Jo‘raqulovich Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

12

Iskandarov Jahongir Toxirovich

Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

13

Uraeva Elvira Usmanovna Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

14

Abdinazarov Ulug‘bek Muyassarovich

Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

15

Karimov Anvar Abduvohidovich

Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

16

Azizov Xusan Habibullaevich Bo‘lim boshlig‘i

A'zo

17

Baratov Akmal Abdumajitovich

Bosh mutaxassis

A'zo

18

Mirvaliev Zoid Zohidovich

Bosh mutaxassis

A'zo

19

Boboev Orziqul Mirzaevich

Axborot xizmati boshlig‘i

A'zo

20

Elmurodov Xusan Elmurodovich

Yuridik byuro boshlig‘i

A'zo

21

Hayitov Abduvaxxob Tolliboevich 

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i

A'zo