2019 yilda Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi fuqarolar uchun test sinovlari boshlandi

05-11-2018 | 1617

Respublika bo‘yicha 2019 yilda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi fuqarolar uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari 2018 yil noyabr-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbirlarda Davlat test markazining hududiy bo‘linmalari va markaziy boshqaruv apparati xodimlari, Mudofaa vazirligining joylardagi boshqarma va bo‘linmalari, Xalq ta'limi vazirligining hududiy boshqarmalari vakillari jalb etilgan.

Test materiallari belgilangan muddatlarda joylarga yetkaziladi va Davlat test markaziga olib kelinadi. Natijalar kunlik hajmda hisoblanadi va manfaatdor vazirlik vakillariga taqdim etib  boriladi. 

Barcha test topshiruvchilarga omad tilaymiz!  

Axborot xizmati