ABITURIENTLAR VA TA`LIM MUASSASALARI DIQQATIGA!

08-11-2018 | 1544

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari, oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2018 yil may oyida fanlar kesimidagi namunaviy test materiallari kiritilgan Davlat test markazining “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnali (2/1, 2/2)  maxsus sonlari chop etilgan.

Hozirda ushbu yo`nalishdagi ishlarni amalga oshirish Davlat test markazida davom ettirilmoqda.Fanlar kesimidagi namunaviy test materiallari kiritilgan “Axborotnoma” jurnalning 4/1 va 4/2 maxsus sonlarini nashrga tayyorlash ishlari yakunlanmoqda va tez orada bosmadan chiqariladi.

Jurnallarni Davlat test markazi va uning viloyatlardagi bo‘linmalaridan olishingiz mumkin (to`lovlar shartnoma asosida naqd yoki pul o`tkazish yoli bilan amalga oshiriladi). Bo`linmalar bilan bog`lanish uchun telefon raqamlari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida (dtm.uz) keltirilgan.

Hurmatli abituriyentlar! “Axborotnoma” jurnalining maxsus sonlarida bosilgan namunaviy test savollaridan foydalaning va bilimingizni sinab boring. 
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun saytimizni kuzatib boring.

Murojaat uchun telefon (90) 974-48-37