Abituriyentlar diqqatiga!

11-03-2019 | 2186

Hurmatli abituriyentlar!

Davlat test markazi tomonidan Call center ishga tushirildi. Endilikda Siz Call centerga murojaat qilib, test sinovi o‘tkazish jarayonlari, yangilik va o‘zgarishlar, Davlat test markazi faoliyatiga doir savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Buning uchun 1195 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va savollaringizga batafsil javob oling. 

ISH TARTIBI:
kuni – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma;
vaqti – soat 09:00 dan 18:00 gacha;
tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.

Davlat test markazi