Abituriyentlar uchun qulaylik

09-07-2018 | 18263

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti: www.dtm.uz

Abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy saytidan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan barcha ma`lumotlarni olishlari mumkin.

Misol uchun:
-    Namunaviy test topshiriqlari;
-    2017/2018 o‘quv yili uchun tanlov va o‘tish ballari;
-    Abituuriyentlarga eslatma;
-    Tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati;
-    Ta`lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasi;
-    Talablar kodifikatori va test topshiriqlari tafsiloti;
-    2018/2019 o‘quv yili uchun qabul rejasi;
-    Javoblar varaqasini to‘ldirish namunasi;
-    Eng ko‘p beriladigan savollar va ularga javoblar;
-    Oliy ta`lim muassasalariga qabul qilingan hujjat (ariza)lar to‘g‘risida ma`lumotlar.

ESLATMA!

Davlat test markazining rasmiy saytidan boshqa Davlat test markazi nomi bilan ochilgan turli saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va telegram kanallarning Davlat test markaziga butunlay aloqasi yo‘q, ularda berib boriladigan ma`lumotlarga ishonish tavsiya etilmaydi. 

Abituriyentlardan tushayotgan arizalarni onlayn kuzatib borish uchun: qabul.dtm.uz

Bundan tashqari, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, “Unistat” android ilovasi yaratildi. Ilova orqali oliy ta`lim muassasalariga topshirilayotgan arizalar sonini kuzatib borish mumkin.

Dasturni ko'chirib olish