Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

13-06-2018 | 996

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2013 yil 10 oktyabrdagi “Chet tillar o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustamalar belgilash uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 01-339-son buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 31 oktyabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2520) ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil 7-8 iyun kunlari test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlarida respublika bo‘yicha 1970 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.

Hozirda test sinovlarining birinchi bosqichi natijalarini hisoblash ishlari olib borilmoqda.

Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

 

Axborot xizmati