Doktorantlar uchun test sinovlari

05-12-2018 | 342

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 226-son qarori bilan tasdiqlangan “Tayanch doktorantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom”da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil 5 dekabr kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgor doktorantlar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Talabgorlar chet tillari (ingliz, nemis), O‘zbekiston tarixi, Axborot texnologiyalari fanlaridan test sinovi topshirdilar.

Qayd etish kerakki, chet tillaridan test sinovlari chet tilini bilish va egallash darajasini baholashning Milliy test tizimiga oid shaklda o‘tkazildi. Talabgorlarga tinglab tushunish, o‘qish, leksika va grammatika kompetensiyalari hamda yozish bo‘yicha test topshiriqlari taklif etildi. Shu bilan birga, talabgorlarning “Gapirish” qismi bo‘yicha ko‘nikmalari tekshirildi.

Axborot xizmati