E'lon!

09-10-2018 | 418

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida  4 kun mobaynida, ya'ni 2018 yil  9 - 12 oktyabr kunlari Patris Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi Universitetining yetakchi mutaxassislari tomonidan Testologiya va pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish bo‘yicha malaka oshirish seminar-treningi bo‘lib o‘tadi.
Seminar-trening ikki yo‘nalishda: umumta'lim fani asoslarida test topshiriqlarini tuzish texnologiyalari hamda testologiya va pedagogik o‘lchovlar sohasidagi yangiliklar sohasida bo‘ladi.
Seminar-treningda Davlat test markazining jami 55 nafar xodimi qatnashadi. Shundan 32 nafar xodim test topshiriqlarini tuzish texnologiyalari bo‘yicha va 23 nafar xodim testologiya va pedagogik o‘lchovlar bo‘yicha bo‘ladigan seminar-treningda qatnashishi rejalashtirilgan.