"EL-YURT UMIDI" JAMG‘ARMASI DASTURLARI ASOSIDA TANLOV BO‘LIB O‘TMOQDA

03-04-2019 | 444

2019 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida "El-yurt umidi" jamg‘armasi dasturi asosida "Fan va ilmiy tadqiqotlar", "Sog‘liqni saqlash" "Davlat boshqaruvi" va “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari" yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov uchun test sinovlari boshlandi va 4 aprelga qadar davom etadi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PF–5545-son Farmonida belgilangan topshiriqlar doirasida tashkil etilgan bo‘lib, "El-yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan xorijda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta'lim olish, malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishda nomzodlarning chet tili, rus tilini bilish va egallash darajasini baholashga qaratilgan. Qayd etish kerakki, belgilangan tartibga ko‘ra chet tili, rus tilini bilish va egallash darajasini baholash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar intellektual qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadilar. Uning o‘tkazish sanasi "El-yurt umidi" jamg‘armasi saytida e'lon qilinadi.

Test sinovlari natijalari test sinovlari yakunlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida Davlat test markazi tomonidan "El-yurt umidi" jamg‘armasiga taqdim etib boriladi.