Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi fuqarolar uchun o`tkazilayotgan test sinovlarining to`rtinchi haftasi yakunlandi

04-12-2018 | 1123

Respublika bo‘yicha 2019 yilda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchi fuqarolar uchun test sinovlari davom etmoqda. Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi PQ–257son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 14 yanvardagi 10-son qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar o‘rtasida tanlov tarzida o‘tmoqda.

Test sinovlarining to`rtinchi haftasi (26-30 noyabr)da respublikamiz bo‘yicha jami 12540 nafar chaqiriluvchi test sinoviga kirishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 10104 nafari ishtirok etdi, 2436 nafari qatnashmadi.

Test materiallari belgilangan muddatlarda joylarga yetkazilmoqda va Davlat test markaziga olib kelinmoqda. Shuningdek, kunlik natijalar hisoblanib, haftalik hajmda manfaatdor vazirlik vakillariga taqdim etib  borilmoqda. 

Barcha test topshiruvchilarga omad tilaymiz

Axborot xizmati