OXFORD UNIVERSITY PRESS (OUP) vakillari bilan uchrashuv

14-05-2018 | 1140

2018 yil 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimovning Oxford University Press (OUP) vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «Oxford University Press»ning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha rahbari Djuliya Till, regional menejeri Martin Kurtis, «Oxford University Press»ning Qirg‘izistondagi vakili, «Zar Donish» XK direktori, O‘zbekistonda Macmillan Publishers nashriyotini rasman taqdim etuvchi Shoira Avazovalar ishtirok etdilar.

M.M.Karimov mehmonlarni markazm faoliyati bilan batafsil tanishtirdi va 2018 yilda oliy ta'lim muassasalariga qabul uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuv davomida «Oxford University Press» vakillari tomonidan Davlat test markazi faoliyatining turli jabhalari to‘g‘risida bir nechta savollar bilan murojaat qilindi va ularga rahbariyat, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi, Umumta'lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish bo‘limi ekspertlari E.Uraeva, L.Akramova, P.Fozilovlar batafsil javob berishdi.

Tomonlar kelgusidagi hamkorlik loyihalari muhokama qildilar.