KONSTITUTSIYA KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

06-12-2018 | 360

 

Davlat test markazida 2018 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston milliy universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlar doktori, professor Jo‘raev Yo‘ldosh Ochilovich va Davlat test markazi xodimlari ishtirok etdilar.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi demokratik jamiyat qurish poydevoridir” mavzuida qilingan ma'ruzada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi, dastlabki va keyingi shakllari, xalqaro tan olinganligi, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi asosida kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, fuqarolarimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarining mukammallashgani, shuningdek, konstitutsiyasiz mamlakatlarda fuqaro huquqlarini ta'minlash mexanizmlari  to‘g‘risida slaydlar orqali batafsil ma'lumotlar berildi.

Qiziqarli o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma'ruzachi aniq fakt va dalillar asosida to‘liq va batafsil javob qaytardi.

Tadbir do‘stona va savol-javob ruhida o‘tdi.

 

 Axborot xizmati