Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining ikkinchi kuni natijalari

03-08-2018 | 22164

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni – 2 avgust natijalari quyidagicha qayd etildi.

Test sinovlari 23 ta oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 202 nafar abiturient ishtirok etdi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 197,0.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 168,6 ni tashkil qildi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 135,9;

to‘lov-kontrakt – 116,8 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

davlat granti bo‘yicha – 197,0 ball, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 168,6 ball, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.