Sport sog‘lomlashtirish kompleksi ishga tushdi

07-01-2019 | 1060

Davlat test markazi xodimlari yangi yilni yana bir qulay sharoit bilan boshladilar. Yangi yilning ilk kunlarida Davlat test markazida sport sog‘lomlashtirish kompleksi (katta trenajyor zali) ishga tushirildi.

Kompleksda turli ko‘rinishdagi velovositalar, yugurish yo‘lakchalari, og‘ir atletika jihozlari, balandlikka sakrash, boks va shularga o‘xshash 25 xil sport mashqlariga xos trenajyor vositalari mavjud bo‘lib, xodimlar ishdan tashqari va dam olish kunlari sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Davlat test markazi tomonidan yaratilayotgan bunday zamonaviy shart-sharoitlardan barcha xodimlar xursand bo‘lmoqdalar.

 

Axborot xizmati