TARAQQIYOT STRATEGIYASI MARKAZIDA MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI

13-12-2018 | 1292

2018 yil 13 dekabr kuni Taraqqiyot strategiyasi markazida “Davlat test markazining xalqaro hamkorlik faoliyati” va “Abituriyentlar uchun chet tillaridan malaka sertifikati: tahlil va takomillashtirish” mavzularida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Prezidentimizning 2017 yil 16 noyabrdagi 3389-son Qaroriga muvofiq xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, markaz xodimlarining Rossiya, AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi mazkur soha rivojlangan mamlakatlardagi xizmat safarlari davomida o‘rganilgan tajribalar, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shakl va usullar, abituryientlar uchun chet tillaridan test sinovi bo‘yicha yaratilgan imtiyozlar, test topshirilgan chet tilidan sertifikat berilishi va imtiyozlari, bu yo‘nalishda takomillashtirilishi zaruriyatga aylangan me'yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida oxirgi tahlillar, ko‘rsatkichlar taqdim etildi.

Shular bilan bir qatorda, oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida qo‘llanilgan bu yilgi tizim keyingi yillarda ham har tomonlama bilimli, iqtidorli yoshlarni oliy ta'lim muassasalariga kirib ta'lim olishlarida takomillashtirilgan holda joriy etilishi, test sinovini o‘tkazish shakli va usullarini takomillashtirish, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yetarli qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, me'yoriy-huquqiy hujjatlarda qayd etilmay qolgan tartiblarga qaratilgan o‘zgarishlar va yangiliklar bo‘yicha ishlar olib borilayotganligi, zarur takliflar ishlab chiqilib, rahbariyatga taqdim etilganligi e'tirof etildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Matbuot anjumani qiziqarli va qizg‘in munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

 

Axborot xizmati