Tashkilot o'z ehtiyojlari uchun AKT tizimini xarid qiladi

04-05-2018 | 248

Tashkilot o‘z ehtiyojlari uchun AKT tizimini xarid qilish bo‘yicha quyidagi shartlar asosida takliflarni qabul qiladi:

Kommersiya taklifini berayotib, tovar  yetkazib beruvchi mijozning barcha talabalaridan xabardorligini va ularga roziligini tasdiqlaydi. Texnik talablarga rioya qilinmagan taqdirda, mijoz kim oshdi savdosi g`olibi bilan shartnoma tuzmaslik huquqini o`zida saqlab qoladi. To`lov shartlari – shartnoma ro`yxatdan o`tkazilgandan keyin 5 kun ichida 15% lik to`lov, qolgan 85% yetkazib berilgach 5 kun ichida. Ilk to`lovdan keyin yetkazib berish muddati – 60 kalendar kuni. Yetkazib beriladigan tovar uchun kafolat muddati 1 yil.

Kafolat muddati davomida Mijozning yozma so`rovi asosida Yetkazib beruvchi yetkazib berilgan kafolat muddati davomida tovarga bepul texnik xizmat ko`rsatishni o`z zimmasiga oladi (kafolatlaydi). Kommersiya taklifi Mijoz xududida uskunalarni o`rnatish va sozlash qiymatini o`z  ichiga olgan bo`lishi kerak.

Yetkazib beruvchi davlat ro`yxatidan o`tkanligi haqidagi dalolatnoma nusxasini, ulgurji yoki chakana savdo huquqini beruchi hujjat nusxasini, agar tovar import kelib chiqishga ega bo`lsa, bojxona protseduralarining o`tkanligi haqidagi hujjat nusxasini, agar yetkazib berilayotgan tovar alohida litsenziya talab qiladigan faoliyat turi bilan bog`liq bo`lsa, bunday litsenziya nusxasini taqdim etadi. Sertifikatsiyadan o`tgan muxandislar bor bo`lishi talab etiladi. Yetkazib beruvchi uskuna ishlab chiqruvchi kompaniyaning hamkori statusiga ega bo`lishi shart.

1. Yetkazib beruvchi tovarning kelib chiqishi haqidagi sertifikatga ega bo’lishi shart. 2. Ishlab chiqruvchidan ruxsatnoma xati bo’lishi shart. 3. Taklif etilayotgan uskuna xarakteristikalari so’ralayotgan talablarga javob berishi kerak. Lotlarga qo’yilgan texnik talablar №1-ilovada batafsil yoritilgan.

№1-ilova

1) Switch Dell Networking X1052 Smart Web Managed Switch, 48x 1GbE and 4x 10GbE SFP+ ports [Dell Networking X1000

2) Server DELL PowerEdge T440 Server [PowerEdge T440 - [EMEA_T440]]: Intel Xeon Gold 5120 2.2G, (105W) DDR4-2400, iDRAC, Legacy Password, 16GB RDIMM, 2666MT/s, Dual Rank, 1.2TB 10K RPM SAS 12Gbps 512n 2.5in Hot-plug Hard Drive

3) Komplektida 21.5" monitor, sichqoncha va klaviatura mavjud bo`lgan 30 ta Thin Client DELL Wyse 5040 series all-in-one thin clients, non-TPM.: 2GB (1x2GB) 1600MHz DDR3L Memory, 8GB FLASH

4) Microsoft litsenziyalari: WinSvrSTDCore 2016 RUS OLP 2Lic A Gov CoreLic – 14, WinSvrCAL 2016 RUS OLP A Gov DvcCAL – 30.

Takliflaringizni quyidagi manzilga yuboring.

email: bux@dtm.uz, tel.: +99871-2340722 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi

Toshkent sh., Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy

h/r 400110860262667950100045001

INN 200626780

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

h/r 23402000300100001010

XKKM Markaziy bank Bosh boshqarmasi

MFO 00014

INN Kazn:201122919