Professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

17-12-2020 | 10405

Ma’lumki, 2020-2021-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalariga saralash imtihonlari 2020-yil 20-noyabrdan 30-noyabrga qadar o‘tkazildi.

Bunda saralash imtihonlari kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida bo‘lib o‘tdi.

Bugun 17-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar saralash imtihonlari natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalaridan bilib olishlari mumkin.

Shuningdek, saralash imtihonlari test sinovlari shaklida o‘tkazilgan kollej va texnikumlar natijalari Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarda texnikum.dtm.uz sayti orqali ham o‘z natijalarini bilish imkoniyati mavjud.

 

Davlat test markazi matbuot xizmati