Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida (2020-yil 24-noyabr)

24-11-2020 | 8468

Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 24-noyabr).

Respublikadagi 56 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Toshkent viloyati Bekabod shahrida ob-havoning sovib ketishi, masofaning uzoqligi hamda abituriyentlarning hududlarga o‘z vaqtida yetib kelishi uchun 1-smenada test sinovlari 10.00 da boshlanib, 12.00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 35 265 nafar abituriyentdan 26 768 nafari (75,9%) qatnashdi. 8 497 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 9 nafar, imtihon jarayonida esa 56 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

23-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Andijon viloyatidagi Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida – 173,2 ball qayd etildi.