Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida (2020-yil 25-noyabr)

25-11-2020 | 7255

Respublika kollej va texnikumlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida ma’lumot (2020-yil 25-noyabr).

Respublikadagi 56 ta obyektda test sinovlari 1-smenada soat 09.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 14.00 da boshlanib, 16.00 da tugadi.

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida masofaning uzoqligi va tumanga qo‘shni davlat chegara hududi orqali o‘tishni inobatga olib, 1-smenada test sinovlari 10.00 da boshlanib, 12.00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 29 479 nafar abituriyentdan 22 856 nafari (77,5%) qatnashdi. 6 594 nafar abituriyent esa test sinoviga kelmadi.

Hududga kirishda 8 nafar, imtihon jarayonida esa 21 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

- - -

24-noyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar soniga nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan, eng yuqori natija Samarqand viloyatidagi Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida – 182,6 ball qayd etildi.